Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Aprel oyi uchun sotib olingan oylik yo‘l chiptalarining puli qaytariladi

Chop etish Sahifani ulashish
25.03.2020 9342 Yangiliklar

Toshkent shahar hokimining 2020-yil 21-martdagi “Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida”gi 290-son qaroriga muvofiq, barcha jamoat trasportlari – avtobus, metro va yo‘nalishli taksilar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Shu munosabat bilan aprel oyi uchun xarid qilingan oylik yo‘l chiptalari “Toshshahartransxizmat” AJ ning “Oylik yo‘l chiptalari va jetonlar sotish bo‘limi” tomonidan qaytarib olinib, pul mablag‘lari fuqarolarga to‘liq miqdorda qaytariladi!

Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 6-uy “Toshshahartransxizmat” AJ binosi 1-qavati.

Murojaat uchun telefon:
(71) 233-54-23, (71) 244-17-52