Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Astro Control” aviatsiya xizmatlari provayderi bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
06.05.2024 950 Yangiliklar

“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK direktori Doniyor Djumayev Avstriya moliya vaziri o‘rinbosari Andreas Rayxardt boshchiligidagi Avstriya delegatsiyasini qabul qildi.

 

Uchrashuvda tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy jihatlari muhokama qilindi. “Oʻzaeronavigatsiya” Markazi DUK va Avstriyaning aviatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi milliy provayderi “Astro Control” oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, tajriba almashish va qoʻshma loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK Avstriya bilan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish doirasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini bildirdi.