Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar DIQQATIGA

Chop etish Sahifani ulashish
20.01.2023 6529 Yangiliklar

 

2022-yilning 31-dekabr holatiga milliy tashuvchilar tomonidan Transport vazirligiga qaytarilgan 3 109 dona Qozog‘iston (uchinchi tomonga/dan) ruxsatnoma blankalarining 78 tasi, 3 480 dona Rossiya (uchinchi tomonga/dan) ruxsatnoma blankalarining esa 38 tasi amaldagi qonunchilik talablariga zid ravishda uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilganligi aniqlandi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-son qarori birinchi ilovasi 33-bandiga muvofiq ruxsatnomalarni yoki ular bo‘yicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.

 

Ruxsatnomalarni yoki ular bo‘yicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish holati aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi uch oygacha muddatga, qayta aniqlangan taqdirda — olti oygacha muddatga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni berishni to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

 

Yuqorida aniqlangan holatlarni inobatga olib, ruxsatnoma blankalaridan foydalanish tartibini buzgan korxonalarga nisbatan  uch oygacha muddatga aynan o‘sha davlatlar ruxsatnoma blankalari berilishi to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

 

Qozog‘iston Respublikasining uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun berilgan ruxsatnoma blankalarini uchinchi shaxslarga taqdim etgan korxonalar ro‘yxati:  

 

1. "ABBOS AVTO TRANS" MChJ

2. "AKROMBEK AMIRBEK TRANS" MChJ

3. "GURLAN VAZIRTRANS" MChJ

4. "SHARQ QURILISH TRANS SERVIS" MChJ

5. "QUDRAT TRANS" MChJ

6. "GRAND AVTO LOGISTIC" MChJ

7. "AGAS-SFERA SERVIS" MChJ

8. "PROFINTERLOGISTIK-7" MChJ

9. "OMAD TRANS XIZMAT" MChJ

10. "IBRAT LOGISTICS" MChJ

11. "VARZIK FIRDAVS TRANS" MChJ

12. "SOKIN TRANS BIZNES" MChJ

13. "XATIRCHI YO LOVSARDORTRANS" MChJ

14. "FRIENDS-LOGISTICS-GROUP" MChJ

16. "TRANS SOF SAVDO" MChJ

17. "ANAS TRANS SERVICE" MChJ

18. "MERKURI TRANS" MChJ

19. "ABDUSAMATBEK-NUR-SAVDO" MChJ

20. "YAQUBOV MAQSUDBEK" MChJ

21. "SAYOT TRANS GRUZ" MChJ

22. "ANGREN GOLD LOGISTIC" MChJ

23. "FARXOD TRANS SERVIS" MChJ

24. "MEHRIDDIN MUSHTARIY LOGISTIK" MChJ

25. "MIRBAFO AZIZBEK LOGISTIK TRANS" MChJ

26. "DIYOR DAVR LOGISTIK" MChJ

27. "GLOBAL TRANS METAL" MChJ

28. "ROMITAN QO'RG'ON SARBON SERVIS" MChJ

29. "MIRSHOD GIDRO TRANS" MChJ

30. "MARKS - TRANS 2020" MChJ

31. "ZOIROV LAZIZ UMRILLOYEVICH" MChJ

32. "CARNET LOGISTIK" MChJ

33. "NAVOIY-GOLDEN-TRANS" MChJ

34. "IBRAGIM TRANS" MChJ

35. "NOZIM KOZIM TRANS" MChJ

36. "LOGISTIK IKRAMOVICH" MChJ

37. "DEVELOPMENT OF CARGO DISTRIBUTION" MChJ

38. "INTERMAX LOGISTICS INVEST" MChJ

39. "BUXMEJAVTOTRANS" MChJ

40. "AMIR MIRATRANS" MChJ

 


Rossiya Federatsiyasining uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun berilgan ruxsatnoma blankalarini uchinchi shaxslarga taqdim etgan korxonalar ro‘yxati:

 

1. "SHAXZOD SHAMSHOD OMAD SAVDO" MChJ

2. "GLOBAL TRANS METAL" MChJ

3. "HALOL LOGISTICA" MChJ

4. "NAVRO`Z LOGISTICS" MChJ

5. "UMID TRANS" MChJ

6. "IBRATBEK EKO TRANS" MChJ

7. "MEGA MINERAL SAVDO" MChJ

8. "RAJABOV JASURBEK OBIDOVICH" MChJ

9. "TRANS LOGISTIC HAMKOR" MChJ

10. "MIRSHOD GIDRO TRANS" MChJ

11. "NEW STAR - M LOGISTIKA" MChJ

12. "TARAQQIYOT MILLIY TRANS" MChJ

13. "KARVON GOLD TRANS OLTIARIQ" MChJ

14. "VARZIK FIRDAVS TRANS" MChJ

15. "SL GREAT CAPITALS" MChJ

16. "OQ YUL- TRANS" MChJ

17. "MADANIYAT RAVNAQI AVTO" MChJ

18. "A-AZIZ ECO FOREST" MChJ

19. "QUDRAT TRANS" MChJ

20. "LEGEND LOGISTIC" MChJ

21. "KUMUSHKENT AGROS LOGISTIKA" MChJ

22. "PREMIUM TRANS" MChJ