Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari bilan shug‘ullanuvchilar diqqatiga!!!

Chop etish Sahifani ulashish
19.12.2019 10497 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 martdagi 202-sonli “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga milliy tashuvchilardan 2020 yil uchun buyurtmalarni onlayn tarzda qabul qilishni boshladi.
Endi siz Respublikamizning istalgan hududidan, o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan vaqtda arizalarni elektron tarzda jo‘natish imkoniga egasiz.
Buning uchun siz vazirlikning mintrans.uz rasmiy veb-saytiga kirib, interaktiv xizmatlar bo‘limidan xalqaro ruxsatnomalarga online ariza berish qismini tanlaysiz.
Eslatib o‘tamiz ushbu tizmdan xalqaro yo‘nalishda yuk tashish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashuvchilar foydalana olishadi.
Shuningdek, Yillik ehtiyoj bo'yicha buyurtmanomalarni onlayn topshirmagan tashuvchilar 2020 yil uchun xorijiy/ko'p tomonlama ruxsatnoma blanklarining avtomatlashtirilgan taqsimoti jarayonida ishtirok eta olmaydi.
Buyurtmanomalarni 2019 yil 31 dekabr kuniga qadar topshirishingizni so'raymiz.

Tizimga quyidagi havola orqali o'tishingiz mumkin.

Tizimdan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati