Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan 42 869 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llari ta’mirlandi

Chop etish Sahifani ulashish
28.08.2023 4313 Yangiliklar

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan “Obodonlashtirish oyligi” doirasida 42 869 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, 7 229 dona ko‘prik inshootlari, 10 101 dona avtobus bekatlari, 277 918 dona yo‘l belgilari, 6,8 mln. dona daraxtlar, 1,8 mln.dona butalar, 90.2 mln m2 yashil maydonlar va boshqa yo‘l infratuzilmasi ob’ektlarida ishlar bajarildi.

 

Shuningdek, 6 494 dona yo‘l tutashmalari obodonlashtirildi, 517 km piyodalar yo‘lagida ta’mirlash ishlari bajarildi, 26 112 dona eskirgan yo‘l belgilari yangisiga almashtirildi, 6 405 dona qo‘shimcha yangi yo‘l belgilari va yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatildi, 14 493 km yo‘l yotiq chiziqlari chizildi, 1 923 ta piyodalar o‘tish joylarida yotiq chiziqlar chizildi.