Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan holatlar roʻyxatida oʻzgarishlar boʻldi

Chop etish Sahifani ulashish
09.04.2020 8820 Yangiliklar
Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar roʻyxatida oʻzgarishlar boʻldi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar bermoqda.
 
Chiqarildi:
 
Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, sud va prokuratura organlari shaxsiy avtotransport vositalari;
 
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, agentliklar va boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tarkibidagi tashkilotlarning oʻrinbosarlarining xizmat avtotransport vositalari;
 
Yoʻl-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari.
 
Yangi kiritildi:
 
Xususiy tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari;
 
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xizmat va xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari;
 
Qator qoʻmitalar, agentliklar, AJ, MCHJ, DKlarga tegishli xizmat, yoʻlovchi tashuvchi (vaxta avtobuslari) va maxsus transport vositalari, tashkilotlar tomonidan tegishli ichki ishlar organlariga taqdim qilinadigan avtotransport vositalarning roʻyxati va harakatlanish yoʻnalishi koʻrsatilgan talabnoma asosida (roʻyxatning 12-bandi);
 
Qishloq xoʻjaligi texnikalari.
 
Oʻzgardi:
 
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar sogʻliqni saqlash tizimidagi tashkilotlar xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari roʻyxatdan chiqarilib, davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari qoldirildi;
 
Kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar – gaz, elektr energiyasi, issiqlik taʼminoti, sovuq suv, suv oqava va chiqindi tashishning xizmat avtomashinalari oʻrniga maxsus avtotransport vositalari;
 
Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar xizmat avtotransport vositalariga aniqlik kiritildi (roʻyxatni 16-bandi).
 
Shuningdek, quyidagi avtotransport vositalarining 50 foizga qisqartirilgan roʻyxati shakllantiriladi va ichki ishlar organlariga taqdim qilinadi
 
(ushbu avtotransport vositalari tashkilot tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida harakatlanadi):
 
yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanish litsenziyasiga ega boʻlgan yoʻnalishsiz taksilar (yoʻlovchilarsiz faqat yetkazib berish xizmatini koʻrsatish maqsadida);
 
Markaziy bank va uning hududiy boshqarmalari hamda tijorat banklarining xizmat avtotransport vositalari;
 
aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ, “Oʻzbektelekom” AK va uning tashkilotlari hamda “Oʻzinfokom” yagona integratori” MCHJning xizmat avtotransport vositalari.