Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtotransportda xalqaro yuk tashuvlari sohasida yangi tartib belgilandi

Chop etish Sahifani ulashish
24.04.2020 13097 Yangiliklar

 

Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi yig‘ilishining 2020 yil 20 apreldagi 21-son bayoniga muvofiq joriy yilning 22- aprelidan Eron Islom Respublikasi, Italiya, Afg‘oniston Islom Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida avtotransportda yuk tashuvlariga o‘rnatilgan cheklovlar, transport vositasi va haydovchilarining sanitariya talablariga rioya etishini qat’iy nazorat qilgan holda bekor qilinadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga yuk olib kelish, olib ketish va tranzit o‘tish maqsadida kiruvchi chet el tashuvchilariga respublika hududida bo‘lish muddati ko‘pi bilan 10 kun etib belgilandi.