Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Banco Santander” banki transport sohasidagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
24.01.2023 5520 Yangiliklar

 

Bugun, 24-yanvarь kuni Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov Ispaniyaning “Banco Santander” bankining Eksport va moliya masalalari bo‘yicha mintaqaviy menejeri David Plaza Gonsales bilan uchrashdi.

 

Videokonferentsaloqa shaklida tashkil etilgan uchrashuvda tomonlar transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli loyihalarni ushbu bankining imtiyozli kreditlarini jalb qilgan holda amalga oshirish imkoniyatlarni muhokama etishdi.

 

Xususan, David Gonsales temir yo‘l transporti sohasida amalga oshiriladigan loyihalar, ya’ni zamonaviy elektropoyezdlarni xarid qilish, respublikada jamoat transportini rivojlantirish yo‘nalishida avtobuslarni xarid qilish loyihalariga Ispaniya xorijiy kreditlarini jalb qilish masalasini ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.

 

Uchrashuv yakunida Transport vazirligi Ispaniya tomoniga diplomatik kanallar orqali respublikada uzoq muddatga mo‘ljallangan transport sohasidagi istiqbolli loyihalar, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar ro‘yxatini taqdim etishini bildirdi.