Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Bayram munosabati bilan transportning barcha turlarida qo‘shimcha qatnovlar bajariladi

Chop etish Sahifani ulashish
30.08.2024 1654 Yangiliklar

Bayram munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlarida yurtimiz bo‘ylab sayohat qilayotgan fuqarolarga munosib transport xizmatlari ko‘rsatish, qolaversa yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan hududlardan talabalarni Toshkent shariga xavfsiz yetkazib qo‘yish, yo‘lovchilarning transport qatnoviga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida yo‘nalishlarda qo‘shimcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

 

Jumadan, avtomobil transporti sohasida:

 

“Toshkent” hamda Abu Saxiy avtovokzallaridan amalga oshiriluvchi 33 yo‘nalishda 29-avgustdan to 11-sentabr kuniga qadar bo‘lgan davrda amaldagi mavjud reyslardan tashqari 408 ta qo‘shimcha reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur qo‘shimcha reyslar orqali 32 700 nafardan ortiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilishi ta’minlanadi.

 

Temir yo‘l transporti sohasida:

 

2024-yilning 25-avgust kunidan 3-sentabr kuniga qadar “Samarqand-Toshkent-Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovi amalga oshirilmoqda. Mazkur yo‘nalishida qo‘shimcha 20 ta reys orqali 5 720 nafar yo‘lovchi tashiladi.

 

Shuningdek, 25-avgust kunidan 3-sentabr kuniga qadar “Toshkent-Xiva-Toshkent”, “Toshkent-Qo‘ng‘irot-Toshkent”, “Toshkent-Termiz-Toshkent”, “Toshkent-Shovot-Toshkent” yo‘nalishlarida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlarga 5 tagacha qo‘shimcha vagonlar ulanadi. Qo‘shimcha 300 ta vagon ulanishi orqali 12 000 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

Yo‘nalishlarda qo‘shimcha reyslarning tashkil etilishi va poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar ulanishi orqali bayram kunlari umumiy 17 720 nafar yo‘lovchini qo‘shimcha tashish imkoniyati yaratiladi.

 

Fuqaro aviatsiyasi sohasida:

 

Bayram munosabati bilan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan 31-avgust – 3-sentabr sanalarida 60 ta aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Bunda 9000 dan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoni bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha aviaqatnovlar tashkil etildi va yana 5312 ta yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoni yaratiladi:

 

Toshkent-Nukus-Toshkent – 3 ta 

Toshkent-Buxoro-Toshkent – 3 ta 

Toshkent-Termiz-Toshkent – 2 ta 

Toshkent-Urganch-Toshkent – 4 ta 

Toshkent-Farg‘ona-Toshkent – 1 ta 

Toshkent-Namangan-Toshkent – 3 ta 

 

Shuningdek, Silk Avia aviakompaniyasi tomonidan 31-avgustdan kunidan 3-sentyabr kuniga qadar mahalliy yo‘nalishlarda 98 ta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bunda yo‘lovchi o‘rinlari soni 6 827 tani tashkil etmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 31-avgustdan 3-sentyabrga qadar amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlarga 30 foiz chegirma, “Silk Avia” aviakompaniyasi tomonidan esa barcha mahalliy aviaqatnovlarga 15 foiz chegirma amal qiladi.