Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Bayramga tuhfa: Termiz shahri jamoat transporti uchun 100 dona avtobus foydalanishga topshirildi

Chop etish Sahifani ulashish
31.08.2023 2350 Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining shaharlar jamoat transportini rivojlantirish, aholi uchun qulayliklar yaratish borasida belgilab bergan topshiriqlariga asosan Termiz shahrida jamoat transporti xizmati ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJning Termiz filiali tashkil etildi.

 

Bugun Termiz shahriga 100 dona ISUZU avtobusi olib kelinib, yangi tashkil etilgan filialga topshirildi. Ushbu olib kelingan avtobuslar Termiz shaxrida yangidan tashkil kilingan yunalishlarga biriktirilib aholiga transport xizmatini ko‘rsatishi rejalashtirilgan.