Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Belarus elchisi bilan uchrashuv

Chop etish Sahifani ulashish
16.08.2024 1914 Yangiliklar

Bugun, 16-avgust kuni Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda mamlakatimizda jamoat transporti tizimini takomillashtirish, harakat tarkibini ekologik toza transport vositalari bilan yangilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ushbu yo‘nalishda kelgusidagi rejalar muhokama etildi.

 

Elchi janoblar sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, ushbu jarayonlarda Belarusning yirik korxonalari ham hamkorlikda ishlashga katta qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.

 

Xususan, uchrashuvda ishtirok etgan "Belkommunmash" OAJ bosh direktorning marketing va savdo bo‘yicha o‘rinbosari Aleksandr Kazakevich korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan yer usti transport vositalari, ularga servis xizmatlari ko‘rsatish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.