Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Belarus Respublikasi Transport va kommunikatsiya vazirligi vakillari bilan uchrashuv

Chop etish Sahifani ulashish
28.02.2024 943 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi  delegatsiyasi Belarus Respublikasi Transport va kommunikatsiya vazirligi vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda avtomobil transporti sohasida yo‘lovchi va yuk tashishni litsenziyalash, xalqaro tashuvlarga ruxsatnomalar berish, raqamli nazorat hamda yo‘nalishsiz taksi faoliyatini tartibga solish, soha kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha Belarus tajribasi va qonunchilik hujjatlari bilan yaqindan tanishishdi.

 

Transport vazirligi delegatsiyasi Minsk shahar va Minsk viloyat Transport inspeksiyasi boshqarmalariga tashrif buyurib, Belaruslik hamkasblar tajribasini o‘rganishdi.

 

Shuningdek, “Minsktrans” DUK, avtomobil transporti soha kadrlarini malakasini oshirish markazi hamda taksi dispetcherlik xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishib, fikr almashildi.