Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish dolzarb masala

Chop etish Sahifani ulashish
05.05.2024 1438 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov boshchiligidagi ishchi guruh Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatida yo‘lovchi tashuvlari  bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda qaror ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar hamda viloyatlarda brutto-shartnoma tizimini joriy etish bo‘yicha dolzarb masalalar tashuvchilar ishtirokida muhokama etildi.

 

Shuningdek, “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi hamda Markazlashgan dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil qilish , avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy qilish, ushbu tizim joriy etilgan shahar avtobus yo‘nalishlarida elektron to‘lov qamrovini oshirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.