Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Buxoro shahrining transport makromodeli ishlab chiqildi

Chop etish Sahifani ulashish
30.04.2024 1710 Yangiliklar

Shaharning transport makromodeli yordamida ko‘chalardagi transport yuklamalarining aniq hisob-kitoblari chiqarildi. Navbatdagi bosqichda taklif etiladigan yechimlar model yordamida samaradorligi baholanib, shahar transport bosh rejasiga kiritiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda transport tizimini istiqbolli rivojlantirishga ilmiy yondashgan holda amalga oshirish, aholini o‘sib borayotgan ehtiyojlarini 3, 5 va 10 yillik davrlarda samarali transport xizmatlari bilan ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqiladigan yechimlarni baholash vositasi sifatida Buxoro shahri transport makromodelini ishlab chiqish yakunlandi.

 

Modelda mahallalar kesimida aholining demografik va gender taqsimoti, ish, o‘quv o‘rinlari, tibbiy, madaniy-maishiy, savdo majmualari quvvati, yo‘l ko‘cha tarmoqlari, svetofor boshqaruvi, aholi mobilligi bo‘yicha ijtimoiy so‘rov, transport va yo‘lovchi oqimlari o‘lchov tadqiqotlari asosida yo‘llarga tushadigan transport yuklamalari hisoblab chiqildi.