Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Buxoroga yangi 100 ta avtobus va mikroavtobuslar olib kelinadi

Chop etish Sahifani ulashish
22.05.2023 1953 Yangiliklar

 

Bugungi kunda Buxoro viloyatida 265 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida 2188 ta transport vositalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

 

Hozirda viloyat aholisining jamoat transportidan foydalanish darajasi 19 % tashkil etib, aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.


Joriy yilda viloyatga 100 ta avtobus va mikroavtobus olib kelinishi rejalashtirilgan. Ayni damda transport vositalarining dastlabki 30 donasini olib kelish bo‘yicha tegishli shartnomalar tuzilgan.


Xususan, Shofirkon tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi "Oq yo‘l plus" MChJ tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan King Long rusumli mikroavtobuslardan 6 tasi olib kelindi, yana 9 tasi olib kelinishi rejalashtirilgan.

 

Yangi mikroavtobuslar Shofirkon – Buxoro yo‘nalishidagi qatnovlarga biriktirildi.