Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Cengiz Holding kompaniyasi yo‘l qurilishi sohasida DXSh loyihalarida ishtirok etish niyatida

Chop etish Sahifani ulashish
14.09.2023 2889 Yangiliklar

Bugun, 14-sentabr kuni Transport vaziri Ilxom Maxkamov Turkiyaning Cengiz Holding kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda transport sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik masalalari atroflicha muhokama etildi.

 

Xususan, turk kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalarda ishtirok etishga qiziqish bildirayotganligini ma’lum qildi.


Xorijiy kompaniya vakillariga mamlakatimizda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida DXSh asosida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.