Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Charter reyslar orqali Istanbul va Moskvadan 677 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
03.06.2020 5762 Yangiliklar

 

O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish maqsadida tasdiqlangan chrter reyslar jadvaliga muvofiq 1-2 iyun kunlari Toshkent – Istanbul – Toshkent, Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishlarida amalga oshirilgan parvozlar orqali 677 nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga olib kelindi.

Bugun, Toshkent – Sharja – Toshkent hamda Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishlarida charter qatnovlari amalga oshirilishi belgilangan.

Ertaga, 4 iyun kuni esa Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida charter reysi badariladi.