Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Charter reyslar orqali O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish davom etmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
29.05.2020 6247 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘rsatmasiga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga ko‘ra 28 may kuni Uzbekistan airways aviakompaniyasi Toshkent-Rostov-Don – Toshkent hamda Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishida parvozni amalga oshirdi. Mazkur charter reyslari orqali jami 464 nafar hamyurtlarimiz O‘zbekistonga olib kelindi.

Shu bugungi kunga qadar mazkur haftada Yekaterinburg, Moskva, Sankt-Peterburg, Rostov-Don va Istanbul shaharlariga jami 5 ta charter reysi amalga oshirilib, 1294 nafar O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarildi.

Xorijdan qaytgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markazlariga joylashtirilmoqda.

Bugun 29 may kuni Toshkent- Sankt-Peterburg – Toshkent va Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishlarida charter reyslari amalga oshiriladi.

30 may kuni esa Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishida charter qatnovini amalga oshirish belgilangan.