Manzil:
Zulfiyaxonim ko'chasi, 3-uy
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘rsatmasiga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun 25 maydan 7 iyungacha 17 ta charter reysni amalga oshirish belgilangandi.
Bugungacha ushbu reyslarning uchtasi amalga oshirildi. Ushbu reyslarda Rossiya shaharlari – Yekaterinburg, Moskva va Sankt-Peterburgdagi 830 nafar O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarildi.
25 may kuni amalga oshirilgan Toshkent – Yekaterinburg – Toshkent reysida 278 nafar, 26 may kuni Toshkent – Moskva – Toshkent reysida 275 nafar va 27 may kuni Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent reysida 277 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarilgan.
Xorijdan qaytgan barcha fuqarolar aeroportdan karantin markazlariga yuborilgan.
Bugun, 28 may kuni Toshkent – Rostov-Don – Toshkent hamda Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishida charter reyslari amalga oshiriladi.