Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

CRRC kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
26.02.2024 1940 Yangiliklar

Bugun, 26-fevral kuni transport vaziri Ilhom Maxkamov Xitoy Xalq Respublikasining «CRRC Corporation Limited» kompaniyasi boshqaruv raisi Sun Yongcai bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda mamlakatimiz temir yo‘l transporti sohasini rivojlantirish, xususan, temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibini yangilash, modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish jarayonlarini mahalliylashtirish yo‘nalishdagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

 

Shuningdek, respublikada «yashil transport» tizimi ulushini ko‘paytirish maqsadida shahar jamoat transporti harakat tarkibini ekologik toza transport turlariga o‘tkazish borasidagi hamkorlik muhokama etildi.