Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

CSCEC kompaniyasi transport infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
22.08.2024 988 Yangiliklar

Bugun, 22-avgust kuni transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoy Xalq Respublikasi CSCEC kompaniyasi vitse-prezidenti Sun Szindun bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar transport sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda Xitoy kompaniyasining ishtirok etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.

 

Xususan, transport infratuzilmasi obyektlarini loyihalash va qurishda Xitoyning moliyalashtirish va muhandislik tajribasini jalb qilgan holda ishtirok etish imkoniyatlari muhokama etildi.

 

1957-yilda tashkil etilgan Xitoy Davlat Qurilish Muhandislik Korporatsiyasi (CSCEC) Xitoyning eng yirik qurilish kompaniyasi va dunyodagi eng yirik qurilish pudratchilaridan biri (mamlakatdagi yigirmata eng yirik kompaniyalar qatoriga kiradi).