Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

DIQQAT E’LON

Chop etish Sahifani ulashish
16.04.2024 1460 Yangiliklar

Joriy yilning 23-aprel kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida transport sohasi yetakchilari, transport-ekspeditorlik korxonalari va tadbirkorlar ishtirokida “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro uchrashuv o‘tkaziladi.

 

Tadbir doirasida tashuvchilar va xususiy sektor vakillari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan B2B/G2G uchrashuvlari tashkil etiladi.

 

Xalqaro yuk tashuvlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va soha mutaxassislarini ushbu tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz.

 

Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.