O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Transformatsiya va loyiha ofisi bosh konsultanti lavozimga ochiq tanlov elon qiladi. Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar hujjatlari 2024-yil 4-fevralga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Transformatsiya va loyiha ofisi bosh konsultantiga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:
ma’lumot – oliy, magistr;
mutaxassislik - iqtisodiyot (transport sohasi bo‘yicha), menejment (transport sohasi bo‘yicha), tegishliligiga ko‘ra transport yo‘nalishlari;
mehnat staji - tegishli transport sohasida (yoki transformatsiya yo‘nalishida) kamida 5 yil yoki ilmiy-tadqiqot ishlarida kamida 3 yil;
xorijiy tilni bilish - ustuvor ravishda ingliz va rus tillari;
kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha minimal bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilish, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lish.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar kadr@mintarns.uz rasmiy elektron pochta manzili orqali o‘zlarining ma’lumotnomalarini (obyektivka) va mobil aloqa raqamlarni yuborishlari zarur!