Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Dronlar va samolyotlarning havo hududidan birgalikda foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi

Chop etish Sahifani ulashish
21.08.2023 2075 Yangiliklar

Joriy yilning 16-avgust kuni “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKda O‘zbekiston Respublikasi aerodromlarining uchish va qo‘nish zonasida havo harakatini tashkil etish xizmati va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni ta’minlash tartibiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida uchuvchisiz uchish apparatlari va fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining havo hududidan birgalikda foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchish tizimlari sohasini yanada rivojlantirish, parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlari joylashuvini aniqlash masalalari va uchuvchisiz uchish tizimlaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish chora-tadbirlari kabi masalalar muhokama etildi.