Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Dushanbeda “Tyan-Shanga yoʻl” xalqaro konferensiyasi boshlandi

Chop etish Sahifani ulashish
29.05.2024 1025 Yangiliklar

“Tyan-Shanga yoʻl” – shu nom ostida bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida mamlakat transport vazirligi hamda BMTning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiya boshlandi.

 

Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov boshchiligida mamlakatimiz delegatsiyasi vakillari ham qatnashmoqda.

 

Anjumanda Markaziy Osiyo, MDH va Yevropa Ittifoqi davlatlari oʻrtasida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish bilan bogʻliq masalalar muhokama etilmoqda.

 

Konferensiyada transport vaziri I.Maxkamov zamonaviy sharoitda davlatlarning transport sohasidagi o'zaro hamkorligi kafolatlangan va to'siqsiz tashuvlarni ta'minlashga qaratilgan bo'lishi lozimligini qayd etib o'tdi.