Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Eron bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
04.03.2024 2233 Yangiliklar

Bugun, 4-mart kuni transport vaziri Ilhom Maxkamov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

 

Xususan, avtomobil transportida yuk tashuvlarini rivojlantirish, bunda milliy tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ushbu yo‘nalishda to‘lov va yig‘imlarni kamaytirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuvda avtomobil transportida yuk tashuvlarini rivojlantirish har ikki tomon uchun ham birdek manfaatli ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Shu nuqtai nazardan, tomonlar uchrashuvda ko‘rilgan masalalarning yechimi yuzasidan ishchi guruh uchrashuvni tashkil etish va aniq takliflarni ishlab chiqishga kelishib oldi.