Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Eron bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
30.05.2024 1674 Yangiliklar

Avval xabar berilganidek, Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Tyan-Shanga yo‘l” xalqaro konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov Eron Islom Respublikasining yo‘llar va shaharsozlik vaziri o‘rinbosari Said Kamol janoblari ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda tomonlar xalqaro tashuvlar jarayonidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.

 

Xususan, transport koridorlarini rivojlantirish, avtomobil transportida tashuvlar hajmini oshirish hamda tariflarni pasaytirish (maqbullashtirish) yuzasidan fikr almashildi.