Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Eron bilan transport va tranzit sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi

Chop etish Sahifani ulashish
21.02.2022 4525 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Tehronda Eron Islom Respublikasining Yo‘l va shaharsozlik vaziri o‘rinbosari Sh.Afandizoda bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar transport va tranzit sohalarida o‘zaro foydali hamkorlikni yanada rivojlantirish, yuk tashuvlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda yangi multimodal transport yo‘laklarini ochish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Muzokaralar davomida Eron tomoni O‘zbekiston bilan temir yo‘l va dengiz portlari orqali yuk tashishni rag‘batlantirish hamda mamlakatning shimoliy va janubiy portlarida yuklarni shakllantirish, saqlash va tashish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyorligini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar har ikki mamlakatning transport va tranzit salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida izchil qo‘shma ishlarni davom ettirish yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi.