Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Eron bilan transportning barcha turlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
13.06.2024 1379 Yangiliklar

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Eronning Yo‘l va shaharsozlik vaziri o‘rinbosari Sayid Kamol Xodianfar bilan uchrashdi. Uchrashuvda avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

 

Xususan, ikki mamlakat milliy tashuvchilaridan undirilayotgan yig‘im va to‘lovlarni paritet asosida o‘rnatish, chegaralarni kesib o‘tishda qulay sharoitlarni yaratish yuzasidan fikr almashishdi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar transportning barcha turlarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ning dastlabki loyihasi yuzasidan kelishuvga erishdi.