Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Farg‘ona ─ Do‘stlik yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Chop etish Sahifani ulashish
04.12.2019 9102 Yangiliklar

“Uzautotrans service” korxonasi tomonidan joriy yilning 6 dekabr kunidan e’tiboran “Farg‘ona ─ Do‘stlik” yo‘nalishida sinov tariqasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Avtobuslar “Farg‘ona shahar atrofi” avtostantsiyasidan yo‘lga chiqib, Andijon viloyatidagi «Do‘stlik» chegara o‘tkazish maskaniga qadar harakatlanadi. Ushbu yo‘nalish masofasi 115 km.ga teng bo‘lib, qatnovlar Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Yo‘lkira haqqi esa 15 000 so‘m etib belgilangan. Dastlabki bosqichda qatnovlar ikki tomonlama yo‘nalishda kuniga jami 8 marotaba amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 sentyabrь kunidan e’tiboran “Uzautotrans service” MChJ korxonasi “Farg‘ona-Andijon”, “Farg‘ona-Namangan” va “Farg‘ona-Beshariq” shaharlararo yo‘nalishlarida ham muntazam avtobus qatnovlarini amalga oshirib kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati