Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Farg‘ona – Olmаota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Chop etish Sahifani ulashish
28.02.2020 8320 Yangiliklar

Farg‘ona vodiysidan qo‘shni Qozog‘iston Respublikasiga boruvchi yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Transport vazirligi tomonidan Farg‘ona-Olmaota yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ushbu yo‘nalish bo‘ylab qatnovlar joriy yilning 4 mart sanasidan boshlanadi. Yo‘nalishning umumiy masofasi 1202 km bo‘lib, harakat vaqti 22 soat 20 daqiqani tashkil etadi. Qatnov   “Farg‘ona shahar atrofi” avtoshohbekatidan soat 11:00 boshlanadi. Chiptalarni "Farg‘ona shahar atrofi" avtoshohbekati va “Sayran” avtovokzallaridan harid qilish mumkin.

Mazkur yo‘nalishda "Uzautotrans Service" va "Tulpar-Baykonir" korxonalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.