Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Farg‘onadan “Do‘stlik” chegara postiga qadar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
06.12.2019 6743 Yangiliklar

“Uzautotrans service” korxonasi bugundan e’tiboran “Farg‘ona ─ Do‘stlik” yo‘nalishida sinov tariqasida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi.

Avtobuslar “Farg‘ona shahar atrofi” avtostantsiyasidan yo‘lga chiqib, Andijon viloyatidagi «Do‘stlik» chegara o‘tkazish maskaniga qadar harakatlanmoqda. Ushbu yo‘nalish masofasi 115 km.ga teng bo‘lib, qatnovlar Yutong avtobuslarida amalga oshirilayapti. Yo‘lkira haqqi esa 15 000 so‘m etib belgilangan. Dastlabki bosqichda qatnovlar ikki tomonlama yo‘nalishda kuniga jami 8 marotaba amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati