Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Farg‘onaga 20 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
16.08.2024 202 Yangiliklar

Farg‘ona viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

 

Hududda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, «Farg‘onaavtotrans xizmat» MChJ tomonidan 8 dona ASIA STAR avtobuslari “Toshloqyo‘lovchitrans” MChJ tomonidan esa 12 dona YUTONG avtobuslari xarid qilindi.

 

Mazkur avtobuslar tez orada Farg‘ona shahri avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yakuniga qadar hududlar uchun 1000 dona avtobus olib kelish rejalashtirilgan.