Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Farg‘onaga yangi zamonaviy avtobuslar olib kelinishi davom etmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
26.08.2024 105 Yangiliklar

Farg‘onada shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish, tashuvchi korxonalar tomonidan birinchi galda harakat tarkibini zamonaviy avtobuslar bilan yangilash choralari ko‘rilmoqda.

 

"Fergana City Bus" korxonasi tomonidan shaharga Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan ZONG TONG rusumli 6 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi. Joriy yil 10-sentabrga qadar ushbu korxona tomonidan yana 6 ta avtobuslar olib kelish ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, sentabr oyi yakuniga qadar "Vodiy Imkon Trans" UBD MCHJ, "Toshloq Avto Servis" MCHJ va "Fergana Avtotrans Xizmat" MChJlar tomonidan jami 40 ga yaqin YUTONG, ZONG TONG va AZIA STAR rusumli avtobuslar Farg‘ona shahriga kirib keladi.