Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Farg‘onadan So‘x aeroportiga ilk sinov parvozi amalga oshirildi

Chop etish Sahifani ulashish
01.11.2021 4452 Yangiliklar

 

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 8 avgustda qabul qilingan “2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “Navobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi aerodrom qurilishi yakunlanmoqda.

Bugun Farg‘ona xalqaro aeroportidan So‘x tumanining “Navobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilgan yangi aeroportga ilk sinov parvozi amalga oshirildi.

Sinov parvozi Humo Air aviakompaniyasining An-2P yo‘lovchi tashish samolyotida bajarildi. Mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da Farg‘onadan havoga ko‘tarilgan layner, soat 13:10 da So‘x aeroportiga kelib qo‘ndi.