Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Fuqarolarimizni Vatanga qaytarish maqsadida Rostov viloyatiga navbatdagi poyezd jo‘nab ketdi

Chop etish Sahifani ulashish
21.08.2020 10651 Yangiliklar

 

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq Rossiya Federatsiyasining Rostov viloyatidan yurtdoshlarimizni olib kelish maqsadida temir yo‘l reysi tashkil etilmoqda.

Rossiya va Qozogiston tomoni bilan kelishuvga binoan, O‘zbekiston fuqarolarini yo‘lovchi poyezdlari orqali olib kelish maqsadida Toshkent – Rostov-Don – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi maxsus temir yo‘l reysi tashkil etilmoqda.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha temir yo‘l qatnovini amalga oshiruvchi poyezd 19 avgust kuni Toshkentdan jo‘nab ketdi. Gnilovskaya – Toshkent yo‘nalishida ushbu poyezd orqali 918 nafar hamyurtimiz 26 avgust kuni O‘zbekistonga olib kelinadi.

Mazkur yo‘lovchi poyezdi yo‘l davomida faqat texnik ko‘rik uchun to‘xtatiladi, ya’ni stantsiya-vokzallarda yo‘lovchilarning platformaga tushishiga ruxsat etilmaydi.

Poyezd O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari kuzatuvi ostida olib kelinadi.

Ushbu reysda olib kelingan yo‘lovchilar Namangan viloyatining karantin zonalariga yuboriladi. Aynan shu jihatni inobatga olgan holda yo‘lovchilarning qarindosh va yaqinlari ularni kutib olish maqsadida vokzalga tashrif buyurmasliklarini so‘rab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, ko‘rilayotgan karantin choralari sababli, MDHning qator davlatlarida mamlakatga kirish-chiqishga cheklovlar O‘zbekistonda ham joriy etilgan va ular O‘zbekiston Respublikasi maxsus komissiyasining tegishli qarori bilan bekor qilinmagunicha amaldagi kuchga ega.