Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Futzal bo'yicha 2024-yilgi Jahon chempionati vaqtida transport qanday ishlaydi?

Chop etish Sahifani ulashish
10.09.2024 960 Yangiliklar

Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati davomida qulay transport xizmati ko‘rsatiladi. Joriy yilning 14 sentabr – 6 oktabr kunlari yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladi.

 

Chempionat ishtirokchilari va muxlislar uchun munosib transport xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

 

Xususan, Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar hamda o‘yin kunlari chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar farqlovchi belgilar yoki akkreditatsiya kartasi va chiptalarni ko‘rsatgan holda shahar jamoat transportidan bepul foydalanishi mumkin.

 

Joriy yilning 10-sentabr kunidan 10-oktabr kuniga qadar 709/710 - sonli “Toshkent – Buxoro”, 729/730, 731/732, 733/734 - sonli “Toshkent – Andijon – Toshkent”, 125/126 - sonli “Andijon – Buxoro – Xiva – Andijon”, 127/128 - sonli “Andijon – Buxoro – Qo‘ng‘irot – Andijon”, 129/130 - sonli “Andijon – Termiz - Andijon” yo‘nalishlarida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha 4 tadan yo‘lovchi vagonlari ulangan holda harakatlanishi tashkillashtiriladi;

 

Bugungi kunda Andijon xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi, aviaqatnovlar Farg‘ona xalqaro aeroportiga amalga oshirilayotgani munosabati bilan chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar uchun “Farg‘ona – Andijon – Farg‘ona” yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda;

 

Toshkent Markaziy, Toshkent-Janubiy, Andijon hamda Buxoro temir yo‘l vokzallarida chempionat ishtirokchilariga chiptalarni tezkorlik bilan rasmiylashtirish maqsadida maxsus chiptaxonalar faoliyati tashkil etilishi va 10-sentabrdan chiptaxonalar o‘z faoliyatini boshlashi belgilangan.