Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Global dengiz Hindiston” sammitida transport vaziri o‘rinbosari ishtirok etdi

Chop etish Sahifani ulashish
20.10.2023 2290 Yangiliklar

Joriy yilning 17-19 oktabr kunlari transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Hindistonning Mumbay shahrida bo‘lib o‘tgan “Global Maritime India Summit-GMIS 2023” global sammitida ishtirok etdi.

 

J.Choriyev o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasining jahon transport-logistika tarmoqlariga integratsiyalashuvini  chuqurlashtirish va milliy transport tizimi salohiyatini oshirish O‘zbekistonni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasida transport sohasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini aytib o‘tdi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston yuk tashish geografiyasini kengaytirish, yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish tarafdori ekanini taʼkidladi. Ushbu yo‘nalishda “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” hamda Transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligi e’tirof etildi.

 

Tadbir doirasida J.Choriyev Hindiston portlar, dengiz, suv yo‘llari va turizm davlat vaziri Shri Shripad Naik, Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Meenakshi Lexi, Belarus Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari S.Dubinoy va Turkmaniston dengiz va daryo yo‘llari agentligi direktori R.Jepbarov bilan muzokaralar o‘tkazdi.