Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Gruziyadan Samarqandga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Chop etish Sahifani ulashish
28.10.2023 3097 Yangiliklar

Transport vaziri Ilxom Maxkamov Gruziyaga tashrifi davomida mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari-iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Levan Davitashvili bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida transport-logistika sohasidagi aloqalarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. Xususan, tomonlar O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish, yangi yo‘nalishlarda parvozlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdi. I.Maxkamov xorij tomonining Gruziyadan Samarqandga aviaqatnovlarni tashkil etish bo‘yicha bildirgan taklifini qo‘llab-quvvatladi.

 

Muzokaralar davomida L.Davitashvili Gruziyaning Qora dengiz sohillarida o‘zbek tadbirkorlari ishtirokida port va terminallar qurilishida barcha sharoitlarni yaratishga va mavjud portlardan samarali foydalanishda amaliy yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

 

Shuningdek, tomonlar xalqaro tashuvlarni amalga oshirishda ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash hajmini oshirishga kelishdi.