Guliston shahrining ichki yo‘nalishlarda qatnovchi barcha jamoat transportida yo‘l haqi to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda amalga oshirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizim joriy etildi.
Bugungi kunda Guliston shahrida 11 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida 6 ta mahalliy tashuvchi korxonalar o‘zlariga qarashli 54 dona ISUZU rusumli avtobuslarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Hozirda 8 ta yo‘nalishlarda haraktlanayotgan avtobuslarning barchasi elektron kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi mobil validatorlar bilan to‘liq ta’minlandi.
Shunday qilib, Guliston shahri jamoat transportida yo‘l haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilgan respublikadagi ikkinchi shahar bo‘ldi. Ayni damda yo‘lovchilar Guliston shahri jamoat transportidan foydalanganda to‘lovlarni yagona transport kartalari orqali amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Shaharning ikkita hududi Guliston dehqon bozori, Buyuk kelajak massivida yagona transport kartalarini sotish va ularga xizmat ko‘rsatish nuqtalari tashkil etilgan.
Yagona transport kartalari bugungi kunda aholiga 5 000 (besh ming) so‘mdan sotilmoqda. Ushbu karta balansida 5000 (besh ming) so‘m miqdoridagi mablag‘lar mavjud. Hozirga qadar aholiga 700 (etti yuz) dan ortiq yagona transport kartalari sotilgan.