Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Harakat xavfsizligini ta’minlashda korxona rahbarlari va haydovchilari mas’uliyatini oshirish dolzarb masala

Chop etish Sahifani ulashish
20.03.2024 2036 Yangiliklar

Bugun “Toshshahartransxizmat” AJ majlislar zalida Toshkent shahri aholisiga transport xizmatini ko‘rsatuvchi avtobus saroyi filiallari va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholiga namunali transport xizmati ko‘rsatish sifatini yaxshilash, tashuv jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Yig‘ilishda Buxoro viloyati Kogon tumanida avtobus hamda yuk avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi, uni keltirib chiqargan sabablar, bu kabi holatlarning oldini olishda korxona rahbarlari hamda haydovchilarning mas’uliyatini oshirish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.

 

Xususan, haydovchilarga avtobus boshqaruvi vaqtida yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishlari, yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari tushuntirildi.

 

Shuningdek, korxona rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-maydagi “Yo‘lovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 424-son qarorida belgilab berilgan talablar asosida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishni amalga oshirish lozimligi yana bir bor ta’kidlandi.

 

Uchrashuvda kelgusida avtobus haydovchilari ishtirokida sodir etilishi mumkin bo‘lgan yo‘l transport hodisalarini oldini olish yuzasidan barcha avtobus saroyi rahbarlarining lavozim yo‘riqnomasida belgilab berilgan vazifalarni o‘z vaqtida ta’minlanishi hamda harakat xavfsizligiga mas’ul bo‘lgan xodimlar bilan avtobus haydovchilarining malakasini oshirish, aholiga namunali transport xizmati ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.