Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi

Chop etish Sahifani ulashish
24.08.2024 348 Yangiliklar

Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab "Mahalla obod — yurt obod" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.


Transport vazirligi, hududiy transport boshqarmalari va tizim tashkilotlarida bugun erta tongdan xayriya hashari uyushqoqlik, hamjihatlikda boshlandi. Ushbu ezgulik tadbiriga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida mehnat jamoalari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishmoqda.


Hashar davomida vazirlik markaziy apparati joylashgan bino va unga tutash hududlar, ariqlar, ko‘chalar tozalandi. Tevarak-atrof, gulzorlar tartibga keltirildi.


Xalqimizga xos bo‘lgan birdamlik, mehr-muruvvat, ozodalik kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etgan xayriya hashari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.