Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Havodagi harakatni boshqarish minorasi yangi binosi foydalanishga topshirildi

Chop etish Sahifani ulashish
11.07.2024 1901 Yangiliklar

Joriy yilning 10-iyul kuni “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK Termiz hududiy bo‘linmasida (HB) havodagi harakatni boshqarish (HHB) minorasi yangi binosining rasmiy ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Termiz HHB HB zamonaviy radiolokatsiya va radionavigatsiyaga mansub ilg‘or vositalar bilan jihozlangan bo‘lib, havodagi harakatni tashkil etish soatiga 12 ta, bir kecha-kunduz mobaynida 264 ta, hamda yil davomida 3 168 ta havo kemalariga xizmat ko‘rsatishga qodir.

 

Tantanali tadbirda Transport vazirligi, “O‘zaviatsiya” agentligi, “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK, “Uzbekistan airports”AJ mutasaddilari hamda loyihachi va quruvchi kompaniya rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Termiz HHB HB yangi minorasi ochilishi mazkur aerodromda dispetcherlik xizmatlarini ko‘rsatish TOWER yangi dispetcherlik punktidan turib, bitta dispetcher tomonidangina amalga oshirila boshlaydi.

 

Minorada joylashgan yangi dispetcherlik punkti (RP) dispetcherga bir ish joyining o‘zidan turib, havo kemalarining yer yuzasidagi va havodagi harakatlari, shuningdek aerodromdagi xizmatlar ishi ustidan uzluksiz radiolokatsiyaviy va vizual monitoring o‘tkazib turishga imkoniyat beradi.

 

Bundan avval Termiz HHB HB barcha xizmatlari Termiz aeroportining turli binolarida joylashgan bo‘lib, ushbu holat ishlab chiqarish jarayonlarini muvofiqlashtirishga juda ko‘p vaqt sarflanishiga olib kelar edi.

 

Binoning birinchi qavatida, HHTE (havodagi harakatni tashkil etish) yer usti aviatsiya aloqasi xizmatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan, serverxona joylashgan bo‘lib, u qo‘shni dispetcherlik punktlari, HHQM (havo hujumiga qarshi mudofaa) idoralari va Samarqand havo bo‘shlig‘idan foydalanish tuman markazi, hamda Termez aerodromining, uning uzra parvozlarni ta’minlaydigan, boshqa xizmatlari bilan aloqani ta’minlay oladi.

 

Ikkinchi qavatda dispetcherni havo kemalarining ekipajlari bilan aloqasini ta’minlash, radiolokatsiya kuzatuv vositalari bilan ta’minlash, shuningdek obyektiv nazorat vositalarini qayd qilish uchun mo‘ljallangan, apparatxona mavjud.