Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hindiston va O‘zbekistonni bog‘lovchi yangi multimodal yo‘nalishda konteyner tashuvlari yo'lga qo'yildi

Chop etish Sahifani ulashish
20.08.2024 1377 Yangiliklar

"O'ztemiryo'lkonteyner" AJ Hindistonning Mundra, Nhava-Sheva va Chennai portlaridan O‘zbekistonga yangi multimodal yo'nalishda konteyner tashuvlarini muvaffaqiyatli tashkil etdi.

 

Sinov tariqasida amalga oshirilgan ushbu tashuvlar Hindistondan Eronning Bandar Abbos portiga dengiz orqali hamda Bandar Abbos portidan Sergeli stansiyasiga qadar temir yo'l transportida olib kelindi.

 

20 ta 20 futlik konteynerlardan tashkil topgan yuk poyezdi umumiy temir yo‘l uzunligi 2673 km bo‘lgan masofani 20 kunda bosib o‘tdi. Kelgusida tashish muddatini 15 kunga qisqartirish rejalashtirilgan.