Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hududlarda jamoat transporti brutto-shartnoma tizimiga o‘tkaziladi

Chop etish Sahifani ulashish
03.08.2024 1193 Yangiliklar

Urganch shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59-son qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, yo‘lovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirishni joriy etish yuzasidan dolzarb masalalar tashuvchilar ishtirokida muhokama etildi.

 

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo‘lovchilarga brutto-shartnoma tizimi asosida qulay, xavfsiz va ishonchli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, shahar avtobus yo‘nalishlarida elektron to‘lov qamrovini oshirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi hamda Markazlashgan dispetcherlik xizmati faoliyati yuzasidan tashuvchilarga batafsil ma’lumot berildi.