Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hududlarda norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘rilgan zarar qoplab berilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
12.07.2023 2498 Yangiliklar

2023 - yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha jami 7 mlrd 285,1 mln so‘m mablag‘lar tashuvchilarning hisob raqamlariga o‘tkazib berildi.

 

Xususan, Namangan viloyati 1 728,8 mln so‘m, Farg‘ona viloyati 1 564,1 mln so‘m, Andijon viloyati 1 036,4 mln so‘m, Toshkent viloyati 986,4 mln so‘m, Xorazm viloyati 619,2 mln so‘m, Navoiy viloyati 510,4 mln so‘m, Samarqand viloyati 339,8 mln so‘m, Jizzax viloyati 236,5 mln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 138,3 mln so‘m, Surxondaryo viloyati 82,2 mln so‘m, Buxoro viloyati 43,0 mln so‘m mablag‘lar qoplab berilgan.

 

Qolgan viloyatlarda tashuvchilar tomonidan ko‘rilgan zararlar miqdori bo‘yicha hisob-kitoblar topshirilmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 8 - oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-sonli qaroriga muvofiq tashuvchilar tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlar miqdori har chorak yakuni bo‘yicha subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berilmoqda.