Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Humo Air aviakompaniyasi Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

Chop etish Sahifani ulashish
11.12.2021 7606 Yangiliklar

 

Davlatimiz rahbarining 2020 - yil 8 - avgustda qabul qilingan “2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Joriy yilning 12 - dekabr kunidan boshlab “Humo Air” MChJ aviakompaniyasi Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida dastlabki bosqichda haftasiga ikki marotaba yo‘lovchi tashuvlari uchun muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.

Parvozlar haftaning dushanba va juma kunlari Farg‘ona – So‘x yo‘nalishida soat 10:00da va So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida soat 12:00da bajarilishi rejalashtirilgan. Aviaqatnovlar AN-2 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvoz davomiyligi 30 daqiqani tashkil etadi.

Yo‘lovchilar aviachiptalarni Farg‘ona, Andijon va Namangan aeroportlari hamda So‘x tumani hokimiyati binolarida xarid qilish imkoniyatiga ega.