Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hurmatli yo‘lovchilar!

Chop etish Sahifani ulashish
09.06.2020 6459 Yangiliklar

 

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan joriy yilning 8- iyunidan boshlab jamoat transporti – avtobuslar harakatiga ruxsat berildi.

Koronavirus pandemiyasi davrida karantin talablarining yumshatilishi belgilangan me’yorlar bekor qilindi degani emas. Afsuski, avtobuslar harakatining dastlabki kunlarida ayrim yo‘nalishlarda karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzilishi holatlari kuzatilmoqda.

Aziz hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari, biror sabab bilan ko‘chaga chiqqaningizda sanitariya va gigiena qoidalariga jiddiy amal qiling. Avtobusda albatta tibbiy niqobda bo‘ling. Salonda ijtimoiy masofani saqlang.

Belgilangan me’yorlarga amal qilib, o‘zingiz va atrofdagilarni ko‘rinmas balodan asragan bo‘lasiz!