Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hurmatli yo‘lovchilar!

Chop etish Sahifani ulashish
25.01.2022 3514 Yangiliklar

 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 25.01.2022 y. Respublikamiz elektr energiya ta’minotida keng qamrovli uzilish kuzatildi. Shu munosabat bilan bugungi Qarshi va Buxoro shaharlardan Toshkentga yuradigan yuqori tezlikdagi “Afrosiyob” va boshqa elektrifikasiyalangan yo‘nalishlarda harakatlanayotgan poyezdlar harakati to‘xtatildi.

“Afrosiyob” yoʻlovchi poyezdlari harakati toʻxtatilganda avval sotib olingan va foydalanilmagan chiptalar kassalarda qaytarilishi va puli toʻliq qaytarilishi yoki boshqa joriy sanaga qayta rasmiylashtirilishi mumkin.

Elektr ta’minot tiklanganda poyezdlarning harakat jadvali qayta tiklanadi va o‘zgarishsiz qoladi.

Ta’kidlash lozim, bugun quyidagi yo‘nalishlardan foydalanish mumkin:

79-sonli Termez – Toshkent yo‘nalishidagi poyezd Qarshi shahriga 01:19da boradi;
53-sonli Qo‘ngirot – Toshkent yo‘nalishidagi poyezd Buxoro shahriga 22:46da boradi;
55-sonli Xiva – Toshkent yo‘nalishidagi poyezd Buxoro shahriga 00:15da boradi.