Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

ICAO bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi

Chop etish Sahifani ulashish
31.01.2024 2228 Yangiliklar

30-yanvar kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov ICAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika mintaqaviy byurosi direktori Nikolas Rallo bilan uchrashdi. 

 

Uchrashuvda tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida ustuvor vazifalarni ishlab chiqishda hamda parvozlar xavfsizligini ta’minlash Milliy dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda ICAO tomonidan amaliy yordam berish masalalarini muhokama etishdi.

 

Uchrashuv davomida «ICAO standartlarini tadbiq etishda hamroklikni amalga oshirish» dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasiga amaliy texnik yordam ko‘rsatish yuzasidan kelishuv imzolandi.

 

Kelishuvga ko‘ra, ICAO Transport vazirligiga fuqaro aviatsiyasi sohasida ustuvor vazifalarni ishlab chiqish hamda parvozlar xavfsizligini ta’minlash Milliy dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda konsultativ xizmatlar ko‘rsatadi.